06:49 / 25.06.2015
2317

WikiLeaks chop etgan oxirgi hujjatlarni MXAning boshqa bir xodimi oshkor etgan bo‘lishi mumkin

AQSh va Yevropa xavfsizlik xizmatlari oxirgi vaqtlarda chop etilgan AQSh Milliy xavfsizlik agentligining maxfiy hujjatlarini WikiLeaks tashkilotiga Edvard Snouden emas, balki maxsus xizmatlarning boshqa bir xodimi bergan bo‘lishi mumkin. MXAda shu haqida ma'lumot paydo bo‘lgani bilan bog‘liq holda tergov boshlandi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ba'zi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Avvalroq Fransiya prezidenti Fransua Olland va AQSh prezidenti Barak Obama MXA olti yil davomida fransuz prezidentlari ortidan josuslik qilgani haqida xabar paydo bo‘lganini muhokama qilishgani ma'lum qilingandi.

WikiLeaks chop etilgan hujjatlarga ko‘ra, MXA 2006yildan 2012 yilgacha Jak Shirak, Nikolya Sarkozi va Fransua Olland ortidan kuzatuv olib borgan.

Top