13:35 / 25.06.2015
1695

Yahoo’ning direktorlaridan biri Facebook’ka o‘tdi

Yahoo kompaniyasining axborot xavfsizligi bo‘yicha direktori Aleks Stamos Facebook tarkibiga qo‘shildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasi orqali xabar berdi.

“Facebook dunyodagi eng yaxshi kompaniya. U nafaqat oddiy internet foydalanuvchilari, balki internetga ulanmagan insonlarning ham muammolarini hal qilish bilan shug‘ullanadi. Facebook xavfsizlik jamoasi innovatsiyalar tarixiga ega, va bu innovatsiyalarni dunyo bilan bo‘lishishga tayyor”, – degan yozuv qoldirdi tarmoqda mutaxassis.

Bundan tashqari, Stamos sobiq kompaniyasiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Top