11:24 / 26.06.2015
1764

“Manchester Yunayted” Turan uchun 40 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ berishga ham tayyor

“Manchester Yunayted” “Atletiko” hamda Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi Arda Turan uchun “PSJ” va “Milan” olib borayotgan kurashga qo‘shildi.

Manchesterliklar 28 yoshli futbolchi uchun 40 million yevrodan ko‘proq mablag‘ to‘lashga tayyor, Turanning o‘ziga esa 4 yillik shartnoma taklif qilinadi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Ma'lumot uchun, 2014/15-yilgi mavsum Ispaniya Primerosida ushbu futbolchi 32 uchrashuvda maydonga tushgan va 2 gol kiritib, 4 marta golli pas amalga oshirgan.

Top