21:23 / 26.06.2015
2206

Afg‘oniston Eron bilan suyultirilgan gaz sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

Afg‘onistonning Erondagi elchixonasi savdo attashesi Alxo‘ja Abdul Ahadiy Farxangning xabar berishicha, Afg‘oniston Erondan suyultirilgan gaz import qilishga qiziqish bildirmoqda.

Farxang yaqin orada tegishli kelishuvga erishilishiga umid bildirmoqda. Bu haqda Trend axborot agentligi xabar berdi. Diplomatning aytishicha, ayni paytda Afg‘oniston suyultirilgan gazning katta qismini Turkmanistondan import qiladi.

Hozirda Eron gazoyl va suyultirilgan gazning eng yirik eksportchisi hisoblanadi. Eron bu mahsulotlardan tashqari, Afg‘onistonga kerosin va reaktiv yonilg‘i yetkazib berishni ham taklif qilgan edi.

Top