14:48 / 26.06.2015
5664

AQShda "Nuh kemasi"ni qurish boshlandi

AQShning Kentukki shtatida joylashgan Vilyamstaun shahrida "Nuh kemasi"ning nusxasi qurila boshlandi. NBC News telekanalining xabar berishicha, loyiha 2016 yil yozida yakunlanadi.

Inshoot buyurtmachisi Answers in Genesis (Javoblar Ibtidoda) xristian jamiyati bo‘ldi. Tashkilot prezidenti Ken Xemning so‘zlariga qaraganda, kemaga kuniga 2 mln kishi tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Ta'kidlanishicha, kema Bibliyada ko‘rsatilgan o‘lchovlar bo‘yicha tayyorlanmoqda. U to‘rt qavatli bo‘lib, uzunligi 155 m ni tashkil qiladi. Uch qavatda ekspozitsiya, to‘rtinchi qavatda esa ekspozitsiya joylashadi.
“Bu shaharning eng diqqatga sazovor joylaridan biri bo‘ladi”, – ishonch bildirdi Xem.

Kelajakda kema yaqinida ko‘ngilochar binolar majmuasini yaratish ko‘zda tutilmoqda. Ular orasida Bobil minorasi nusxasi, hayvonot bog‘i va qadimgi Yaqin Sharq qishloqlari maketi bo‘ladi.

Top