07:43 / 26.06.2015
4196

AQShda politsiyachilar qurolsiz afroamerikalikni otib tashlashdi

AQShning Baltimor shahrida politsiyachilar tomonidan afroamerikalikka nisbatan qurol ishlatishning navbatdagi holati qayd etildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti axborot agentligi.

Qayd etilishicha, zo‘ravonlik qo‘llanayotgani bo‘yicha chaqiriqqa yetib kelgan politsiyachilar voqea joyiga bostirib kirib, qurolsiz bo‘lgan Spenser Li Makkeyn ismli afroamerikalikni otib tashlashgan.

Politsiyachilar bu harakatlarini jabrlanuvchi “himoya pozitsiyasini” egallagani bilan tushuntirganlar.

Og‘ir yaralangan Makkeyn shifokorlarning yordamlariga qaramasdan halok bo‘ldi. Qurol ishlatgan politsiyachilar tergov vaqtiga ma'muriy ta'tilga jo‘natildi. Ularga hech qanday ayblov qo‘yilmadi.

Oxirgi paytlarda politsiyachilar tomonidan qurollanmagan qoidabuzarlarga nisbatan qurol ishlatish holatlari tez-tez uchrab turibdi. Ayniqsa, o‘tgan yili Fergyuson shaharchasida politsiya xodimi Maykl Braun ismli o‘smirni otib tashlagani katta mojarolar keltirib chiqargan edi.

Top