14:22 / 26.06.2015
3635

Yevgeniy Primakov vafot etdi

Rossiyalik siyosatchi va olim Yevgeniy Primakov olamdan o‘tdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning oila a'zolariga ta'ziya izhor qildi.
Primakov siyosatchi bo‘lish bilan birga, Rossiya Fanlar Akademiyasi akademigi edi. 1996-1998 yillarda u tashqi ishlar vaziri, 1998-1999 yillarda esa hukumat raisi lavozimida ishlagan.

Sergey Lavrovning so‘zlariga qaraganda, Primakov 1998 yilgi defolt va inqiroz oqibatlarini bartaraf qilishda hal qiluvchi rol o‘ynagan. Shuningdek, Primakov Rossiya tashqi siyosatida tub burilish yasab, atlantizmdan voz kechgan va ko‘p qutbli dunyo tomon yuzlangan.

Vashingtonga uchib ketayotgan paytda, samolyot okean ustidan o‘tayotganda AQSh Yugoslaviyani aviazarbalarga tutishni boshlaganini eshitgan siyosatchi samolyotni ortga burib, qaytib ketgan. Uning bu harakati “Atlantika uzra ortga qaytish” sifatida mashhur.

Top