15:41 / 26.06.2015
2121

Fransiya hukumati teraktlar davom etishi mumkinligidan ogohlantirmoqda

Fransiyada kunning qolgan qismida ham bir qancha teraktlar sodir etilishi mumkin. Bu haqda Le Dauphine xabar qildi.

Biroz oldinroq, Lion shahridagi kimyoviy zavodga "IShID" bayrog‘i ko‘targan terrorist hujum qilib, odamlarni o‘ldirgani va jarohatlagani xabar qilingandi.

Bu teraktni sodir etgani gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olingan.

Fransiyadagi OAVlarda xabar berilishicha, huquqni muhofaza qilish organlari politsiya va maxsus xizmatlarga ehtimoliy teraktlarga tayyor turish haqida ko‘rsatma bergan.

Qayd etish joizki, bu kimyoviy zavoddagi hujum, shu yilning 7 yanvar kunidagi "Charlie Hebdo" tahririyatiga uyushtirilgan hujumni eslatmoqda.

Top