18:49 / 26.06.2015
2794

Google prezidentlik saylovlarida Hillari Klintonning g‘alaba qozonishini bashorat qilmoqda

Google qidiruv roboti AQShning keyingi prezidenti Hillari Klinton bo‘ladi deb hisoblaydi. Bu haqda The Next Web xabar bermoqda.

Saytga ingliz tilida “Keyingi prezident kim bo‘ladi?” deb so‘rov kiritlganida, Hillari Klinton degan kartochka javob tarzida chiqarilmoqda. Savol formulirovkasi o‘zgartirilganida ham javob o‘zgarmayapti.

Qidiruv algoritmi Huffington Post va The Blaze nashrlarida chop etilgan Hillari xonimning g‘alabasi bashorat qilingan maqolalar asosida shunday javobni chiqarib bermoqda.
Ilgariroq Microsoft’dagi Cortana ovozli yordamchisi 2014 yili Braziliyada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining har bir uchrashuvi natijalarini aniq bashorat qilgani bilan shuhrat qozongan edi. final bosqichidagi 16 uchrashuvdan 15tasining natijalari to‘g‘ri bashorat qilingan edi.

Top