00:08 / 26.06.2015
2158

Joau Moutinyu “Zenit”ga o‘tishiga yaqin turibdi

“Monako”ning portugaliyalik yarimhimoyachisi Joau Moutinyu Sankt-Peterburgning “Zenit” klubiga o‘tishiga yaqin turibdi.

tuttomercatoweb.com portalining ma'lum qilishicha, Moutinyu yaqin orada klub bilan shartnoma imzolashi mumkin.

O‘tgan mavsumda futbolchi 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 gol va 5 ta golli uzatma yozib qo‘ygan.

Top