09:57 / 26.06.2015
3317

Kuchli jala tufayli Sochidagi 400 uyni suv bosdi

Sochi hududida kuchli yomg‘irlar natijasida 400 uy qisman suv ostida qoldi. Bu haqda Krasnodar sohili ma'muriyatining matbuot xizmati xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Gastello tumanidagi ko‘chalarda joylashgan uylarda bir yarim metr balandlikdagi suv hosil bo‘lgan.

"26 iyun kuni hokimiyatning maxsus komissiyasi suv ostida qolgan uylarni nazoratdan o‘tkazib, aholiga yetkazilgan zararlarni hisoblaydi", deb ma'lum qilinadi matbuot xizmati tomonidan.

Biroz oldinroq, tabiiy ofat tufayli Adler hududidagi 40 oila evakuatsiya qilingandi.

Top