17:45 / 26.06.2015
2749

Kuvaytdagi terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z bo‘yniga oldi

IShID guruhi Kuvaytda sodir etilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Al Arabiya kanalining xabar berishicha, qo‘poruvchilik natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, Kuvayt poytaxtidagi Imom Sodiq masjidida portlash sodir etildi. Portlash chog‘ida masjidda juma namozini o‘qish uchun kelgan odamlar bo‘lgan. Kamida sakkiz kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Kuvayt amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir al-Saboh portlash amalga oshirilganidan so‘ng Imom Sodiq masjidiga tashrif buyurdi.

Top