10:39 / 26.06.2015
2602

L’Equipe: Frank Riberi jarohati tufayli faoliyatini yakunlashi mumkin

"Bavariya” va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi muntazam davom etayotgan jarohatlar bilan kurashishdan charchadi.

Riberi Bundesligadagi 8 yil davomida 272ta uchrashuvdan 79tasini, ya'ni deyarli ikki mavsumni o‘tkazib yubordi. Ayni vaqtda bu futbolchi mart oyida tizzasidan olgan jarohatini davolashni davom ettirmoqda va tiklanish jarayoni juda qiyin kechmoqda. Bu haqida L’Equipe nashri xabar bergan.

“Men ta'til vaqtida shaxsiy terapevtim bilan Parij va Ibitsada bo‘ldim. Bu menga yordam beradi deb o‘ylagandim, ammo niyatim amalga oshmadi. Men na to‘g‘ri yo‘lda va na qayiqda muvozanatimni nazorat qila olmayapman.

Bu juda qo‘rqinchli edi. Jarohat meni asabiylashishga majbur qilyapti. Bu haqiqiy fojia. Men oyog‘imdan boshqa narsa haqida o‘ylay olmayapman. Yugurishni istayman, ammo bu ish qo‘limdan kelmayapti”, - deya o‘z tushkunligini ochiq bildiradi Riberi.

Top