21:16 / 26.06.2015
8060

Meksikalik giyohvandfurushlar Messi va uning do‘stlari ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvlaridan pul yuvishda foydalanganlar

Meksikalik giyohvandfurushlar Lionel Messi va uning do‘stlari ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvlaridan pul yuvishda foydalanganliklari ma'lum bo‘ldi.

Ispaniya va AQSh huquq-tartibot muassasalari 2012 va 2013 yilda futbol yulduzlari ishtirokidagi ko‘rgazmali o‘yinlarni taftish qilishdi.

Guvohlardan biri AQShdagi eng yirik narkokartellardan biri Los Valencia ushbu o‘yinlardan pul yuvishda foydalangani bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Xususan, “nolinchi qator” deb ataladigan mavjud bo‘lmagan biletlar sotish usulidan foydalanilgan.

Xabar berilishicha, Messi va uning atrofidagilar o‘yinlar ortida bunday jinoiy faoliyat yuritilayotganidan bexabar bo‘lishgan.

Top