18:25 / 26.06.2015
5372

Oxirgi yarim yil ichida yuk tashuvchi samolyotlar Rossiyaga 50 tonna meva va sabzavot yetkazishdi

2014 yil dekabridan 2015 yil 15 iyuniga qadar bo‘lgan davr ichida qayta jihozlangan Boeing-767-300 BCF samolyotlarida 109 muntazam va 21 charter reyslar amalga oshirilib, 6047.5 tonna yuk tashildi, deb xabar beradi “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aksiyadorlik kompaniyasi.
Yaqinda Navoiy-Guanchjou-Toshkent-Ostona-Navoiy reysi amalga oshirilib, Xitoydan Qozog‘istonga 30 tonna chiroq uskunalari yetkazildi.
Navoiydan Shanxayga va Amsterdamga uchuvchi muntazam reyslar ochildi.
Bundan tashqari, xabarnomada aytilishicha, O‘zbekistondan Moskvaning Domodedovo aeroportiga shu davr ichida 50 tona meva va sabzavot yetkazildi.

Top