22:38 / 26.06.2015
4326

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini bayram bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan ushbu soha vakillariga yo‘llagan bayram
murojaatida soha vakillarini kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etib, sihat-salomatlik, baxt va omad, ijodiy kamolot tilab qoldi.

Islom Karimov o‘z murojaatlarida bu sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar va raqamlarga batafsil to‘xtalib o‘tdi.

O‘zbekistonda oxirgi 7 yil ichida OAVlarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat byudjyetidan kreditlar, ijtimoiy buyurtmalar va davlat grantlari ko‘rinishida 13 mlrd so‘m yo‘naltirildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida OAVlar miqdori 3,6 barobarga ko‘payib, bugungi kunda 1400 dan ko‘proqni, veb-saytlar miqdori esa oxirgi 5 yil ichida 2 martaga oshib, 300 dan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 66 ta telekanal, 34 ta radiokanal faoliyat yuritmoqda. Bu esa elektron media-tarmoqlarning sohaning umumiy strukturasidagi samaradorligi va hissasining barqaror o‘sayotganidan darak beradi.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli ishlar tufayli O‘zbekiston aholisining 54 foizdan ko‘prog‘i raqamli televideniye imkoniyatlaridan foydalanmoqda.

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tuzilmasiga kiruvchi telekanallarning umumiy efir vaqti 520 soatdan ko‘proqni tashkil qilmoqda, vaholanki yaqin o‘tgan yillarda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 24 soatni tashkil qilgan.

Shuningdek, fuqarolik jamiyati shakllantirishda muhim omil bo‘lib hisoblanadigan nodavlat OAVlarning hayotimizda tutgan o‘rni borgan sari oshib bormoqda. Buning isboti sifatida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan bosma nashlarning 60 foizi, teleradiokanallarning 67 foizi va internet-nashlarning 95 foizi nodavlat OAVlar hisoblanadi.

Keyingi paytda bir qator rivojlangan davlatlar, dunyoda nom qozongan nufuzli mediakompaniyalardan malakali mutaxassis va jurnalistlar O‘zbekistonga taklif etilib, ular ishtirokida matbuot xodimlari uchun o‘quv seminarlari va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Bu tajribaning keng qo‘llanishi tufayli o‘tgan yilning o‘zida 650 dan ortiq matbuot xodimlari o‘z malakasi va mahoratini oshirishga erishdi, shu bilan birga, ko‘plab o‘zbek jurnalistlari ham xorijiy davlatlarga borib, tajriba almashib kelishdi.

Top