10:03 / 26.06.2015
10458

O‘zbekiston provayderlari hozircha barcha abonentlarga cheklanmagan trafik taqdim etishga tayyor emas

O‘zbekistonda hozircha abonentlarga cheklanmagan internet trafigi berish imkoniyati mavjud emas. Buni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Fayzullayev aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga qaraganda, ko‘pchilik foydalanuvchilar aniq narxlar asosida cheklanmagan trafik taqdim etilishini istaydi.

“Afsuski, biz bunga tayyor emasmiz, ammo ushbu yo‘nalishda ishlamoqdamiz. Internet narxi tushib bormoqda. Negaki pul evaziga mijozga ko‘proq hajm yoki ko‘proq xizmatlar oladi. Ko‘plar narxlarning qimmatligidan noliydi, ammo TAS-IX bepulligini hech kim tilga olmaydi”, – dedi Fayzullayev Uzbekistan Today nashriga bergan intervyusida.

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati rahbari Aleksandr Suchkovning so‘zlariga qaraganda, tashqi kanalgina narxlarni belgilab beradigan omil emas.

Top