19:26 / 26.06.2015
2831

O‘zbekistonda narkojinoyatlarning yagona unifikatsiyalashgan ma'lumotlar bazasi joriy qilindi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi direktori Ahmad Mansurovning aytishicha, O‘zbekistonda huquq-tartibot muassasalari foydalana olishlari mumkin bo‘ladigan narkojinoyatlar bo‘yicha yagona ma'lumotlar bazasi joriy qilindi.

Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy markazi O‘zbekistonda bu faoliyatni muvofiqlashtiruvchi tashkilot sifatida narkojinoyatlar bo‘yicha yagona ma'lumotlar bazasini yaratish tashabbusi bilan chiqdi va YeXHT bu borada uning hamkoriga aylandi.

“Hozirda biz 66 mingga yaqin narkojinoyat bo‘yicha ma'lumotlar bazasiga egamiz. Bu ma'lumotlar bazasi juda asqotmoqda, huquq-tartibot muassasalari unga ulanganlar. Hozirda u ishga tushirilgan, biroq hali to‘liq ravishda ishlamayapti. Bazaning ishlashi jarayonida yuzaga kelayotgan barcha texnik savollarni hamkorlarimiz ko‘magida hal qilmoqdamiz”, deb aytdi Mansurov.

Ushbu ma'lumotlar bazasidan boshda davlat huquq-tartibot muassasalari ham foydalana olishlari mumkin.

Top