16:13 / 26.06.2015
4031

Qozog‘iston NATO bilan hamkorlikka jiddiy e'tibor qaratmoqda

Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov NATO bilan hamkorlikning asosiy strategik yo‘nalishlardan biri ekanligini ta'kidlab o‘tdi. Uning bayonoti vazirlik saytida e'lon qilindi.
“TIV rahbari parlamentlararo dialogning jahon hamjamiyati oldida turgan jiddiy tahdidlar fonida muhimligini ta'kidlab o‘tdi. U Qozog‘iston NATO bilan hamkorlikka jiddiy e'tibor qaratishi va alyansga xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashdagi asosiy hamkor deb qarashini aytdi”, – deyiladi xabarnomada.
Idrisov Qozog‘iston NATOning Afg‘onistondagi “Qat'iy ko‘mak” missiyasini qo‘llab-quvvatlashini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Top