22:04 / 26.06.2015
3156

Taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilayotgan Avstraliya ochiq chempionatida hamyurtimiz Dmitriy Shokin oltin medalni qo‘lga kiritdi

Avstraliyaning Melburn shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilayotgan Avstraliya ochiq chempionatida hamyurtimiz Dmitriy Shokin oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada 41 davlatdan 550 nafardan ziyod sportchi bahslashmoqda. Vazni 87 kilogrammdan ortiq bo‘lgan taekvondochilar bahsida qatnashgan Dmitriy Shokin chorak finalda braziliyalik Sikuero Maykonni, yarim finalda va hal qiluvchi bahsda koreyalik Cha Dong Min va Jo Chol Xoni yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Shunday qilib, hamyurtimiz Avstraliya ochiq chempionatining oltin medali va 2016 yilgi yozgi Olimpiadada ishtirok etish huquqini beruvchi yo‘llanma olish uchun muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi.

Top