13:52 / 26.06.2015
1749

Toshkentda futzal murabbiylari uchun seminar o‘tkazilmoqda

Ayni vaqtda Toshkentda futzal murabbiylariga “Level 2” darajali sertifikatga ega bo‘lish uchun o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda.

“Level 2” katta futboldagi “B” litsenziyasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu o‘quv kursida Eronlik mashxur futzal murabbiyi, besh karra Osiyo chempioni – Husayn Shams hamda Avaz Maksumov instruktorlik qilmoqda.

O‘quv kurslarida milliy terma jamoa bosh murabbiyi yordamchisi Bahodir Ahmedov va futzal bo‘yicha Oliy Liga klublari bosh murabbiylari ishtirok etmoqda. Ishtirokchilarning umumiy soni – 14 nafar.

Ushbu o‘quv seminarlari 24 iyun kuni boshlangan va 30 iyunga qadar davom etadi.

Top