17:58 / 26.06.2015
4552

Tunisda terrorchilar hujum qilgan mehmonxonalarda halok bo‘lganlar soni 27 kishini tashkil etmoqda

26 iyun kuni Tunisning Sus shahridagi Riu Imperial Marhaba va Mouradi Palm Marina nomli beshyulduzli mehmonxonalariga terrorchi guruhlar tomonidan hujum qilinishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 27 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Reyter xabar bergan.

Dastlabki ma'lumotlarda 3 kishi halok bo‘lgani aytilgandi.

Ayni vaqtda mehmonxonalarda xizmatchilar va xorijlik sayyohlar garovga olingan.

Top