08:28 / 27.06.2015
1615

“Vest Xem” Payye transferini e'lon qildi

“Marsel” hamda Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Dimitri Payye “Vest Xem” klubi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Jamoa transferning moliyaviy jihatlarini ma'lum qilmagan, ammo londonliklar futbolchi uchun 15 million yevro to‘lashgani haqida xabarlar tarqalgan.

Ma'lumot uchun, 2014/15-yilgi mavsumda Payye Fransiya chempionatida 7ta gol kiritgan va 17 golli pasga mualliflik qilgan.

Top