10:51 / 27.06.2015
4382

“Zukkolar bahsi” intellektual tanlovining final bosqichi yakunlandi

“Namangan yoshlar markazi” tashabbusi bilan viloyat O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi 118 kollej va akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida yuqori saviyada yil boshidan buyon o‘tkazilgan “Zukkolar bahsi” intellektual tanlovining yakuniy final bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

Shuni alohida takidlash joizki tanlovning bu yilgi mavsumi har yilgidanda nufuzi oshib, ko‘tarinki kayfiyatda alohida qiziqish bilan kollej, litsey bosqichi, saralash, yarim final bosqichlaridan o‘tgan 6 ta terma jamoa o‘zaro finalda murosasiz va qiziqarli bahslarga kirishishdi.

Tanlov yakunida loyihani tashkil etishda faollik ko‘rsatgan “Namangan yoshlar markazi” qoshidagi “Intellektual yoshlar” klubining a'zolari hamda faol ishtirokchilar tashkilotchilarning faxriy yorliqlari bilan, “Eng zukko qiz”, “Eng zukko yigit”, “Eng yaxshi savol egasi”, “Eng jonkuyar ustoz”, “Eng ahil jamoa”, “Eng bilimdon jamoa” hamda “Eng zukko jamoa” kabi nominatsiyalari bilan taqdirlanishdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra Pop tuman tibbiyot kolleji 3-o‘rinn, NamDU qoshidagi    2-sonli akademik litsetsi 2-o‘rinni, Kosonsoy pedagogika kolleji terma jamoasi esa faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Top