13:03 / 27.06.2015
9026

Amerikalik fotosuratchi Maykl Jyekson vafot etgan kunda osmonda uning qiyofasini ko‘rganiga ishontirmoqchi bo‘lmoqda

Chaqmoq paytida osmonni suratga olayotgan 45 yoshli Jon Pleshel bulutlar orasida marhum pop musiqa qiroli Maykl Jyeksonning qiyofasini ko‘rganini ta'kidlamoqda.

The Daily Mirror nashrining ma'lum qilishicha, bu voqea AQShning Virjiniya shtatida Maykl Jyekson olamdan o‘tgan kunda sodir bo‘lgan.

O‘sha kuni fotosuratchi o‘z uyi ustida yorqin chaqnayotgan chaqmoqni suratga olishga qaror qilgan. Qandaydir vaqt ichida u bulutlar orasida afsonaviy qo‘shiqchining qiyofasiga o‘xshash qiyofani ko‘irshga muvaffaq bo‘lgan.

“Ishonchim komilki, bu Maykl Djyeksonning arvohi edi, u bulutlar orasida oy fonida paydo bo‘ldi. O‘shanda mening xayolimga uning afsonaviy, oydagi kabi qadam tashlashi raqsi xayolimga keldi. Men hech qachon Mayklning muxlisi bo‘lmaganman, biroq bu voqea meni keyingi chaqmoq paytida fotosessiya o‘tkazishimga ilhomlantirdi”, deb aytmoqda Pleshel.

Ma'lumot uchun, Maykl Jyekson 2009 yil 25 iyunda yurak xurujidan 50 yoshida vafot etgan.

Top