08:35 / 27.06.2015
1981

Ben Afflek Warner Bros. bilan hamkorlikda FIFA mojarolari to‘g‘risidagi filmni suratga oladi

"Oskar" mukofotiga ikki marta nomzod bo‘lgan gollivud aktyori Ben Afflek Warner Bros. kinokompaniyasi bilan hamkorlikda FIFA tizimidagi amaldorlarning poraxo‘rligi haqida film ishlaydi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, filmga ssenariyni Ben Afflek yozadi va prodyuserlik ham qiladi. Rejissyor esa Gevin O`Konnor bo‘lishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 27 may kuni FIFAning bir necha yuqori martabali amaldorlari poraxo‘rlik tufayli hibsga olingandi.

Top