20:00 / 27.06.2015
4969

Denis Istomin "AEGON Open" musobaqasida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin Buyuk Britaniyaning Nottingem shahrida davom etayotgan "AEGON Open" tennis turniri final uchrashuvida AQShlik Sem Kuerriga qarshi kortga chiqdi. 

Ikki set davom etgan uchrashuvda o‘zbekistonlik tennischi 7:6, 7:6 hisobida g‘olib bo‘ldi. 

Ma'lumot uchun, Denis Istomin yarim finalda kiprlik mashhur tennischi Markus Bagdatisni mag‘lub etgan edi

Top