07:53 / 27.06.2015
4515

"IShID" Tunisdagi teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

"IShID" terrorchilari tashkiloti 26 iyun kuni Tunisdagi mehmonxonalarga uyushtirilgan qurolli hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

"Bizning birodarlarimiz va askarlarimiz o‘z jonlarini ayamasdan Imperial Marhaba mehmonxonasiga hujum uyushtirishdi", deb yoziladi jangarilar tvitterida.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Sus shahri yaqinidagi ikki mehmonxonada jami 39 kishi o‘ldirilgan va 36 kishi jarohatlangan. Halok bo‘lganlar orasida Buyuk Britaniya, Germaniya va Belgiya fuqaolari borligi ma'lum qilingan.

Politsiyaning aniqlashicha, El-Kantaui shahridagi mehmonxonaga uyushtirilgan hujumda ishtirok etgan va qo‘lga tushgan jangarilardan biri Sayfuddin Ar-Rezki ismli tunislik talaba bo‘lib, u 2014 yilda bakalavr diplomini olgan va magistraturaga o‘qishga kirgandi. Uning kursdoshlari oxirgi vaqtlarda Ar-Rezki Keyruan shahridagi masjidga serqatnov bo‘lib qolgani haqida ma'lumot berishgan.

Biroz oldinroq, "IShID" jangarilari Kuvaytdagi masjidda amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgandi.

Top