06:53 / 27.06.2015
3705

Namanganda kasbini suiiste'mol qilish orqali bemorlardan 35 mln so‘mdan ortiq pul undirgan shifokorlar jazolandi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on  tumanidagi tibbiyot muassasalarida ishlayotgan bir necha shifokor ustidan sud hukmi o‘qildi.
 
Ulardan biri F.Shokirov To‘raqo‘rg‘on tuman markaziy poliklinikasida ultratovush tekshiruvi vrachi, yana biri G.Tursunmetova tuman markaziy shifoxonasi tez yordam bo‘limida shu yo‘nalishda ishlaydi, hamda tuman markaziy tug‘ruqxonasining ultratovush tekshiruvi vrachlari U.Mirzayev va D.G‘ofurova.
 
Ularning barchasi bemorlarning ultratovush tekshiruvidan o‘tkazish bepul bo‘lgani holda, 3 yil davomida tekshiruvdan o‘tgan bemorlardan xizmat haqi talab qilishgan. Aniqlanishicha, o‘tgan vaqt davomida sudlanuvchi F.Shokirov shu yo‘l bilan 13 mln. 282 ming so‘m, G.Tursunmetova 11 mln. 325 ming so‘m, U.Mirzayeva 13 mln. 505 ming so‘m pulni bemorlardan olgan.
 
Sud hukmi bilan ularga tegishli jazo tayinlandi. Jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararlar davlat foydasiga undirildi, deb yozadi telegraf.uz.
Top