00:06 / 27.06.2015
2600

O‘zbekiston Ombudsmani Fransiyaga tashrif buyurdi

Joriy yilning 24-26 iyun kunlari Fransiya taklifi bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha mas'ul vakili (Ombudsmani) U.Muxammadiyev Fransiyaga ishchi safar uyushtirdi.

Safar davomida U.Muxammadiyev Fransiya huquq himoyachisi (Ombudsman) J.Tubon, Fransiya Milliy assambleyasidagi “Fransiya-O‘zbekiston” do‘stlik guruhi raisi F.Mene, Fransiya Tashqi ishlar vazirligining inson huquqlari bo‘yicha elchisi P.Sparasino-Tille hamda Fransiya huquq himoyasi institutining bir qator bo‘limlari rahbarlari bilan uchrashdi.

Parijda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda O‘zbekiston Ombudsmani va Fransiya Ombudsmani o‘rtasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi, o‘zaro manfaatli tarzda ish tajribalari bilan almashildi.

Top