14:37 / 27.06.2015
11635

Psixolog Deyl Karneygiga tegishli 20 ta hayotiy iqtibos

Yozuvchi, psixolog va pedagog Deyl Karneygi “Dunyoda yomon odamlar bo‘lmaydi” prinsipi asosida yashar va fikr yuritar edi. Yoqimsiz holatlargina mavjud, ularni esa munosabatni o‘zgartirib, osonlik bilan ijobiy tomonga burish mumkin. Shuning uchun salbiy holatlar tufayli hayotimiz va atrofdagilar kayfiyatini buzish yaramaydi.

U shuningdek, mojarosiz va muvaffaqiyatli muloqot borasidagi shaxsiy konsepsiyasini ishlab chiqdi. Mazkur nazariya ko‘plab tarafdor va dushmanlarga ega bo‘ldi, bir so‘z bilan aytganda befarqlar bo‘lmadi.

Biz Deyl Karneygiga tegishli bo‘lgan 20 ta iqtibosni to‘pladik, ular uchun psixologga minnatdorchilik bildirishimiz mumkin:

1. Har bir inson besh daqiqa bo‘lsa ham ahmoq bo‘ladi. Haqiqiy donishmandlik esa bu vaqt chegarasini oshirib yubormaslikdan iboratdir.

2. Taqdir senga limon taqdim etsa, sen undan limonad tayyorla.

4. Band bo‘ling. Bu dunyodagi eng arzon va samarali dori.

 

5. Insonlarni o‘zgartirishni istasang, buni avval o‘zingdan boshla. Bu ham foydali, ham xavfsiz.

6. Ishing natijasida yuzaga keladigan eng yomon oqibatlarni tasavvur qilib ko‘r, oldindan ularga ko‘nikib, olg‘a harakat qil!

7. Tabassum hech qancha turmaydi, biroq yuqori baholanadi.

8. Ko‘pchilik auditoriya kerak bo‘lganidagina shifokorni chaqirishadi.

10. Inson o‘z-o‘zi bilan urush boshlar ekan, u darhaqiqat qiymatga ega.

11. Darhaqiqat, turmush o‘rtog‘ingiz kamchiliklarga ega! Agar u avliyo bo‘lganida, sizga hech qachon uylanmagan bo‘lardi.

12. Yodda tuting, insonning ismi  - u uchun istalgan tilda eng lazzatli va muhim tovushdir.

14. Donishmand inson uchun har kuni yangi hayot boshlanadi.

15. Ertaga emas. Insonni qutqarish kuni – bugun.

16. Sizga hamla qiluvchi dushmanlardan qo‘rqmang, sizga laganbardorlik qiladigan do‘stlardan qo‘rqing.

17. Qo‘rquv aqlingizdan boshqa yerda mavjud bo‘lmaydi.

18. Nimanidir o‘rganishga bo‘lgan kuchli istak bu allaqachon 50 foiz muvaffaqiyatdir.

20. Bu dunyoda muhabbatga erishishning yagona usuli mavjud – uni talab etishni bas qilib, minnatdorchilik kutmay, muhabbat ulashishni boshlash.

Manba: Xabardor.uz internet nashri

Top