18:02 / 27.06.2015
4895

Putin sportga ixtisoslashgan yangi telekanal ochish haqida buyruq chiqardi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "NTV-Plyus" telekanali bazasida yangi sport kanali ochish haqida hujjat imzoladi.

"Hukumat "Gazprom" AJ bilan hamkorlikda va "Butunrossiya davlat televizion va radiotelekanallari kompaniyasi", "Gazprom-Media Xolding", "Sport buyumlari" korxonasi va Rossiya Olimpiya qo‘mitasi ishtirokida "NTV-Plyus" telekanali qoshida yangi sport kanali tashkil etish bo‘yicha qaror qabul qildi", deyiladi "Interfaks" xabarida.

Bu qaror Putin ishtirokida o‘tkazilgan Jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish kengashi yigilishida qabul qilingan.

Bu qaror ijrosi 1 avgust kunigacha bajarilishi kerakligi ko‘rsatilgan. Qarorni bajarish uchun bosh vazir Dmitriy Medvedev, "Gazprom" rahbari Aleksey Miller va "Butunrossiya davlat televizion va radiotelekanallari kompaniyasi" rahbari Oleg Dobrodeyev mas'ul qilib tayinlangan.

Top