22:43 / 27.06.2015
3840

Tayvandagi akvaparkda portlash oqibatida 205 kishi jabr ko‘rdi

Tayvanning Sinbey shahridagi akvaparkda sodir bo‘lgan portlash oqibatida 205 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda Xitoy markaziy yangiliklar agentligi.

Portlash Colour Play Asia bayrami vaqtida noma'lum oq modda sepish oqibatida sodir bo‘lgan.

Ayni paytda politsiya bayram tashkilotchilari va akvapark xodimlarini so‘roq qilmoqda.

Avvalroq Tayvandagi portlashga pirotexnik shou sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Top