16:30 / 27.06.2015
4208

Ukraina Xavfsizlik xizmati rahbarlaridan biri ruslar bilan aloqa o‘rnatgani gumon qilinib, hibsga olindi

Ukraina Xavfsizlik xizmatining Kiyevdagi boshqarmasi rahbarlaridan biri davlatga xiyonat qilganlikda gumonlanib, hibsga olingan. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

"Ukraina Xavfsizlik xizmatining Kiyev shahri va Kiyev viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshliqlaridan biri hibsga olindi. Uning Rossiya Federatsiyasining maxsus xizmatlari bilan aloqa qilgani bo‘yicha gumonlar mavjud", deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda Ukraina Xavfsizlik xizmati xodimlari tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Biroz oldinroq, Ukranina razvedka xizmatining 2 vakili ayirmachilar tomoniga o‘tib ketgani xabar qilingandi.

Top