12:01 / 27.06.2015
2537

Xitoyda avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Xitoy sharqidagi yo‘llardan birida harakatlanayotgan avtobus qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida 12 kishi halok bo‘lgan.

Assosheyted Press xabariga ko‘ra, bu voqea Anxoy provinsiyasining Uxu shahri yaqinida yuz bergan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra ushbu hodisa tufayli 24 kishi jarohatlangan.

Top