08:38 / 28.06.2015
3192

Amerika Kubogi-2015: Braziliya chorak finalda Paragvaydan mag‘lub bo‘ldi

Chilida davom etayotgan Amerika Kubogi-2015 turnirining chorak final bellashuvlari yakunlandi.

Braziliya va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi bahs chorak finalning to‘rtinchi uchrashuvi bo‘ldi va unda omad Paragvay termasiga kulib boqdi.

Uchrashuvda hisobni dastlab, 15-daqiqada Robino ochdi. Biroq ikkinchi bo‘limda, o‘yinning 72-daqiqasida Gonsales penaltidan muvozanatni tikladi. Asosiy bo‘lim ana shu hisobda nihoyasiga yetdi.

Penaltilar seriyasida Paragvay termasi aniqroq harakat qildi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endi yarim finalda Paragvay termasi Argentina bilan, Chili esa Peru bilan kuch sinashadi.

Amerika kubogi, 1/4 final

BraziliyaParagvay 1:1, penalti - 3:4
Gollar: 1:0 – 15 Robino, 1:1 – 72, penalti Gonsales.
Braziliya – Jyefferson, Dani Alves, Miranda, Tiago Silva, Filipe Luis, Firmino (Tardelli, 69), Villian (Duglas Kosta, 60), Koutino, Fernandino, Elias, Robino (Everton Ribeyro, 87).
Paragvay – Vilyar, Piris, Agilyar, da Silva, Valdes, Aranda (Martines, 77), Kaseres, Gonsales, Benites (Romero, 84), Santa Krus, Valdes (Bobadilya, 74).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.
Ogohlantirishlar: Valdes (25), Agilyar (38), Dani Alves (50), Koutino (76), Martines (81).

Top