12:29 / 28.06.2015
3491

Amerika Kubogi-2015: Yarim finalda Argentina Paragvay bilan, Chili Peru bilan o‘ynaydi

Paragvay terma jamoasi Braziliyani Chilida davom etayotgan Amerika Kubogi-2015 turnirining chorak finalida mag‘lub etganidan keyin, yarim finalda Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadigan bo‘ldi.

Bundan oldinroq, yarim finalning yana bir juftligi mezbon Chili hamda Peru terma jamoalaridan tashkil topishi ma'lum bo‘lgandi.

Yarim finalning birinchi uchrashuvi Chili va Peru o‘rtasida Toshkent vaqti bilan 29 iyun kuni soat 04:30da, ikkinchi uchrashuvi Argentina va Paragvay o‘rtasida 30 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:30da boshlanadi.

Top