17:45 / 28.06.2015
2448

APL grandlari Yoshlar o‘rtasidagi JChning eng yaxshi futbolchisi bilan qiziqishmoqda

"Lill” klubi va Mali U-20 terma jamoasi hujumchisi Adam Traore bilan bir yo‘la 3ta ingliz klubi - «Chelsi», «MYu» va «Manchester Siti» klublari qiziqishmoqda.

Traorening fransuz klubi bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar mo‘ljallangan.

Mali terma jamoasi a'zosi Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tgan Yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb tan olingandi. U kichik mundialda 4ta gol kiritib, 3ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Mali terma jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritgandi.

Top