22:17 / 28.06.2015
1764

Braziliyalik avtopoygachi “Formula-Ye” poygasining ilk chempioni bo‘ldi

Braziliyalik avtopoygachi Nelsino Pike “Formula-Ye” poygasining tarixdagi ilk chempioni bo‘ldi. Poyganing Londonda o‘tkazilgan bosqichida Pike marraga yettinchi bo‘lib yetib keldi va o‘ziga seriyadagi g‘oliblikni ta'minladi. Ushbu bosqichda marraga birinchi bo‘lib britaniyalik Sem Berd yetib keldi.

“Formula-Ye” poygasi (“Formula-1” poygasining muqobili), ochiq holdagi g‘ildiraklarga ega elektromobillar avtopoygasi hisoblanib, 2014 yilning sentabridan o‘tkazilishi boshlangan.

«Formula-Ye». London. 2-poyga

1. Sem Berd (Virgin Racing)
2. Jyerom d'Ambrozio (Dragon Racing)
3. Loik Dyuval (Dragon Racing)
4. Bruno Senna (Mahindra Racing)
5. Sebasten Buemi (e.dams Renault)
6. Lukas di Grassi (Audi Sport ABT)
7. Nelsino Pike (NEXTEV TCR)

Top