23:27 / 28.06.2015
7547

Britaniyalik ayol Tunisdagi teraktda shlyapasi sabab tirik qolganini aytmoqda

76 yoshli Rita Uilyams o‘zining sevimli shlyapasi sababli Tunisdagi teraktda mo‘'jizaviy tarzda boshiga o‘q tegishidan qutulib qolganini aytmoqda.

The Daily Mirror britan nashrining xabar berishicha, Uilyams Tunisdagi mash'um mehmonxonada turmush o‘rtog‘i Ken bilan dam olayotgan bo‘lgan.

Terrorchi plyajdagi sayyohlarga o‘q uzayotganda ayol yerga yotib olgan. Keyinroq aniqlanishicha, o‘q faqatgina uning shlyapasini teshib o‘tgan, uning o‘zi esa tirik va beshikast qolgan.

“Agar boshimda shlyapa bo‘lmaganda, o‘q boshimga tekkan bo‘lardi. Men shunchalik qo‘rqib ketdimki, hali ham o‘zimni bosolmayapman”, deb aytdi Rita Uilyams nashrga bergan intervyusida.

Ayol bu shlyapani dam olishdan bor-yo‘g‘i bir necha kun avval 6 funt sterlingga sotib olganini ta'kidlamoqda.

Top