10:42 / 28.06.2015
2547

Chikagoda ishdan bo‘shatilgan xodim o‘zining sobiq ishxonasiga o‘t qo‘ydi

Chikagoning Eydonvel tumanida sobiq boshliqlari tomonidan ishdan bo‘shatilib, xafa qilingan xodim o‘zining sobiq ish joyiga bir bak benzin bilan qaytib keldi. Bu haqda Chicago Tribune xabar bergan.

Bu ayol tez tayyor bo‘ladigan ovqatlarni iste'molchilarga yetkazish bilan shug‘ullanadigan ushbu firmaning 3 qavatli ofisini vayron qilib, buyumlar ustiga benzin sepgan va o‘t qo‘ygan.

Yong‘in natijasida firma bosh menejyeri jiddiy kuyish jarohatlarini olgan. Yana bir xodim jabrlovchidan qutilib qolgan.

Ayni vaqtda hodisa bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top