19:59 / 28.06.2015
8077

Falcon 9 raketasi parvozidan keyin 3 daqiqa o‘tib portlab ketdi

Xalqaro koinot stansiyasiga (XKS) yuk olib chiqishi kerak bo‘lgan Dragon koinot yuk tashuvchisini orbitaga olib chiqishi kerak bo‘lgan Falcon 9 raketasi Floridadagi Kanaveral burnidagi kosmodromdan uchirilgandan keyin ko‘p o‘tmay falokatga uchradi.

Raketa Toshkent vaqti bilan 28 iyunda 19:21 da uchirildi. Biroq u uchirilgandan 3 daqiqa o‘tib portlab ketdi, deb xabar bermoqda NASA agentligi.

Falcon 9 raketasi, SpaceX xususiy kompaniyasi va NASA o‘rtasidagi shartnomaga ko‘ra, XKSga Dragon tashuvchisini jo‘natishi kerak edi. XKSga 2 tonna yuk, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, ilmiy tajribalar uchun materiallar, stansiyani AQShning boshqariladigan koinot kemalari bilan tutashi uchun uni modernizatsiyalashga mo‘ljallangan tutashish uzeli yuborilayotgan edi.

Dragon yuk tashuvchisi va Falcon 9 raketasini SpaceX kompaniyasi ishlab chiqqan. Kompaniya NASA bilan tuzgan shartnomasiga ko‘ra, 2016 yilgacha XKSga 12 ta raketa uchirishi kerak edi. Kompaniya 2014 yil sentabrda Boeing bilan birga XKSga yuklarni yetkazib berishdan tashqari, XKSga boshqariladigan parvozlarni amalga oshirish uchun 6,8 mlrd dollarlik shartnomani yutib olgan edi.

SpaceX kompaniyasi Falcon 9 ikki pog‘onali raketasini juda ishonchli edi, deb ta'rifladi.

Top