15:23 / 28.06.2015
2865

Internetda Tayvan akvaparkidagi yong‘in videolavhalari paydo bo‘ldi

Internetda Tayvan orolining Sinbey shahridagi akvapark hududidagi tungi klubda portlash sodir bo‘lishi natijasida chiqqan yong‘in tasvirlangan videolavhalar tarqaldi.

Bu falokat oqibatida 228 nafar kishi jarohatlanib, shifoxonaga yetkazilgan. Hodisa sabablari o‘rganilishda davom etmoqda.

Formosa Water Park akvaparkida 27 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:30 da portlash sodir bo‘ldi. Dastlab raqs sahnalaridan birida diskoteka vaqtida oq tutun chiqib odamlarni qamrab olgan, bir necha soniyadan keyin esa portlash yuz bergan. Jabrlanganlarning aksariyati ochiq kiyimda bo‘lgani tufayli tanasining 40 foizida kuyish holati kuzatilgan.

Top