12:41 / 28.06.2015
3041

Kuvaytda terakt amalga oshirgan jangarini masjidga eltib qo‘ygan mashina haydovchisi qo‘lga olindi

Kuvayt huquqni muhofaza qilish organlari 26 iyun kuni mamlakat poytaxtidagi shialar masjidida o‘zini portlatib, 27 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan terrorchini masjidga olib kelgan mashina haydovchisini hibsga olishdi. Bu haqda KUNA nashri xabar berdi.

Politsiya bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 1989 yilda tug‘ilgan Abdurahmon Saboh Aydan ismli shaxs qo‘lga olingan bo‘lib, u Kuvayt fuqaroligiga ega emas. Gumondor El-Kuvayt shahri janubidagi uylardan birida qo‘lga tushgan. Bu uy "IShID"ga xayrixohligi taxmin qilinuvchi shaxsga tegishli hisoblanadi.

Top