07:51 / 29.06.2015
12267

“Al-Qoida” boshliqlaridan biri "IShID"ning narigi dunyoda jazolanishini aytdi

ABC News saytining xabar berishicha, Al-Qoida vakillaridan biri Adam Gedan "IShID"ga murojaatnoma yo‘llab, uning ishlari islomga to‘g‘ri kelmasligini aytgan.

“Birodarlar, "IShID"ning harbiy sohadagi jasoratini hech kim inkor qila olmaydi, ammo sizlar tomoningizdan musulmonlarga qarshi sodir etilgan jinoyatlar vaqt o‘tishi bilan unutilmaydi, negaki islomda bunday tushuncha yo‘q”, – deyiladi murojaatnomada.

Uning fikricha, bunday jinoyatlar to‘xtatilmagan taqdirda, ularni sodir etishga aloqador barcha Alloh tomonidan jazolanadi:

“Inson jonini olishni oqlab bo‘lmaydi, va bu Qiyomat kuni hisob-kitob qilinadi. Musulmon jamoasining jihodi videoo‘yin emas, u real hayot, va u real hayotda ham, narigi dunyoda ham o‘z oqibatlariga ega bo‘ladi”.

Top