15:03 / 29.06.2015
2761

Andijonda pilla korxonasi rahbari poraxo‘rlikda ayblandi

Andijonning Oltinko‘l tuman “Pilla” davlat korxonasi rahbari O‘sarjon Muhsinov va ombor mudiri Rahmonjon Fozilov poraxo‘rlikda ayblanib qamaldi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, 2014 yilgi pilla hosilini qabul qilish mavsumida fuqaro Sanjar Shokirovdan qaynonasi Q. Tojiboyeva boshchiligidagi “Sharobiddin sahovati gulshani” fermer xo‘jaligining pilla hosili bo‘yicha topshirilmay qolgan 373 kg pillani qo‘shib yozib berish evaziga 300 dollar so‘ragan.
S. Shokirov bunday pulni bera olmasligini aytgan, natija bo‘lmagach, huquq tartibot xodimlariga murojaat qilgan. Arizaga asosan o‘tkazilgan tadbirda Muhsinov 300 dollar pora olish ustida qo‘lga olingan.

Top