23:14 / 29.06.2015
3288

AQSh vakili BMT Erondagi shubhali obektlarga kirishga ruxsat olishini ma'lum qildi

BMTning Erondagi shubhali obektlarga kirishiga imkon beruvchi mexanizm ishlab chiqildi, deb ma'lum qilmoqda AQSh vakiliga iqtibos keltirgan holda “Frans Press” axborot agentligi.

“Agar MAGATE kelishuv kontekstida ruxsat berish lozim va bunga sabab bor deb hisoblasa, bu ruxsat taqdim qilinishi uchun bizda usul bor. Biz MAGATEda zarur ruxsat bo‘lishini kafolatlaydigan mexanimzni ishlab chiqdik”, deb aytmoqda AQSh vakili.

Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha xalqaro vositachilar “oltiligi” va Eron yadroviy dastur bo‘yicha yakuniy kelishuv ustida ish olib bormoqda. Avval erishilgan kelishuvlarga binoan, yakuniy hujjat 30 iyungacha tayyor bo‘lishi kerak.

Top