15:36 / 29.06.2015
1998

Ostonaliklarni tunagan O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi

2015 yilning 24 iyun kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida yashovchi 22 yoshli ayol fuqaro shaxsiy mulklarini o‘g‘rilangani bo‘yicha shahar huquq tartibot idoralariga shikoyat qildi, deb yozadi, Zakon.kz.

Ayolning aytishi bo‘yicha 23 iyundan 24 iyunga o‘tar kechasi shahar ko‘chalarining birida noma'lum shaxs uni pichoq bilan qo‘rqitib, qimmatbaho tilla buyumlari va pullarini tortib olgan. Shuningdek u 26 yoshli ayolning 120 000 tenge miqdoridagi telefonini ham qo‘rqitish yo‘li bilan tortib olgani aniqlandi.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida jinoyatchi qo‘lga olingan. U o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblarni bo‘yniga olgan. Tilla buyumlar va telefon o‘z egasiga qaytarilgan. Hozirda O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilayotgan jinoyatchi tergov bo‘limida saqlanmoqda.

Top