12:54 / 29.06.2015
1799

Britan politsiyasining 600 nafardan ortiq xodimi Tunisdagi teraktlar bo‘yicha tergov jarayonida qatnashadi

600 nafardan ortiq britaniyalik politsiyachilar Tunisdagi mehmonxonalarda amalga oshirilgan teraktlar bo‘yicha tergov-surishtiruv o‘tkazish ishlariga jalb qilindi. Bu haqda Skotlend-Yardning aksilterror bo‘limi koordinatori Mark Rouli ma'lum qildi.

26 iyun kuni Tunisning Sus shahri yaqinidagi mehmonhonalarda amalga oshirilgan teraktlarda Buyuk Britaniyaning 15 nafar fuqarosi halok bo‘lgan.

Mark Roulining aytishicha, bu amaliyot 2005 yildan beri ilk marta Buyuk Britaniya politsiyasining keng ko‘lamli amaliyotga jalb qilinishi bo‘lmoqda. 2005 yildagi teraktlar oqibatida 52 kishi halok bo‘lgandi.

Ayni vaqtda Buyuk Britaniya hukumati aksilterror bo‘limning 16 nafar ofitserini Tunisga jo‘natib ulgurgan.

Shuningdek, mamlakatdagi aeroportlarda 308 nafar politsiya xodimi Tunisdan qaytib kelayotganlar bilan suhbat o‘tkazish uchun joylashtirilgan.

Roulining qo‘shimcha qilishicha, bu jarayonda MI-6 va MI-5 josuslik xizmati vakillari ham ishtirok etishadi.

Top