00:42 / 29.06.2015
3008

«Dnepr» muxlislari Sanjar Tursunovni o‘z jamoasi tarkibida ko‘rishni istashmoqda

"Dnepr" klubi muxlislari tomonidan yuritiladigan Fcdnipro.com sayti tomonidan yangi mavsumda jamoa sharafini himoya qilishga loyiq bo‘lgan futbolchilar ro‘yxati ma'lum qilindi.

Muxlislar "Vorskla" klubi va O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Sanjar Tursunovni "Dnepr" tarkibida ko‘rishni istamoqdalar. Jumladan Tursunov haqida quyidagicha fikr bildirilgan:

"Sanjar Tursunov - har ikki qanotda ham birdek o‘ynay oladigan tajribali futbolchi. U "Vorskla"ga tezda moslashib ketdi va Gromov bilan birgalikda hujumda ko‘zga tashlangan o‘yinchilardan bo‘ldi. U hujum tashkil qilish va uni yakunlashda juda yaxshi o‘ynay oladi. Sanjar "Dnepr"ga qarshi o‘tkazgan o‘yinida ham bu hislatini namoyish qila olgandi".

Manba: uff.uz

Top